Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoy Xalq respublikasining Lanchjou universitetidagi ilmiy forumda ToshDSHI professorining ishtiroki

03.12.2019, 15:21 Yangiliklar 28

3-dekabr kuni ToshDSHI Tarix va falsafa fakulteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi kafedrasi professori M.Is’hoqov “Dunhuan tarixi tadqiqot markazi”ning taklifiga binoan Xitoy Xalq respublikasining Lanchjou universitetida ilmiy forumda “Buyuk Ipak yo’li bo’ylab joylashgan qadimgi shaharlar va shaharsozlik madaniyati” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, professor M.Is’hoqovning Lanchjou universiteti talabalari uchun maxsus darslari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan bo’lib, ular orqali professor mintaqamizning qadimgi shaharlari bo’lmish Sopollitepa, Dashtli III, Tuproqqal’a, Shoshtepa, Afrosiyob, Varaxsha, Axsikat, Yerqo’rg’on va boshqa shaharlarning Buyuk Ipak yo’lida tutgan ahamiyati hamda tadrijiy taraqqiyoti haqida ma’lumotlar beradilar.

Olimning “Buyuk ipak yo’lidagi qadimiy shaharlar tarixi” mavzusidagi ma’ruzalari juda yuqori baholanib, kelgusida Dunhuan ilmiy tadqiqot markazi bilan ToshDSHI Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ham muhokama qilindi.

photo_2019-12-03_15-20-19 photo_2019-12-03_15-20-21photo_2019-12-03_15-20-17

 

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: