Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoyshunoslik fakultetida “Kuy-qo’shiq va raqs festivali”

26.12.2019, 16:16 Yangiliklar 24

14-dekabr kuni ToshDSHIning Xitoyshunoslik fakultetida O’zR Prezidenti ilgari surgan 5 ta tashabbusning 1-yo’nalishi, ya’ni “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish” bo’yicha “Kuy-qo’shiq va raqs festivali” bo’lib o’tdi. Fakultetda tahsil oluvchi barcha akademik guruhlardan 20 ga yaqin kuy-qoshiq va raqslar turli tillarda (o’zbek, rus, xitoy, ingliz, tojik) ijro etildi. Iste’dodli talabalarning ijrolari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib borildi. Tadbir yakunida eng yaxshi qo’shiq va raqslar ijrochilari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir talabalarning takliflari va erkin ijodiy chiqishlari asosida tashkil etilib, ularning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga xizmat qildi. Ishtirokchilarda 2-kurs talabasi Dilfuza Iskandarova, 3-kurs talabasi Dilshod Ikromov, 1-kurs talabasi Muxlisa Isamuhamedovalarning chiqishlari katta taassurot qoldirdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: