Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xitoyshunoslik fakultetida mini-futbol bo’yicha “Dekan kubogi” musobaqalari yakunlandi

23.11.2019, 12:28 Yangiliklar 9

23-noyabr kuni ToshDSHI Xitoyshunoslik fakultetida 5 ta muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlar o’rtasida sportning mini-futbol turi bo’yicha “Dekan kubogi” musobaqalari yakunlandi. Musobaqa finalida 3-kurs Xitoy  tarixi yo’nalishi talabalarining “Galaktios” jamoasi 1-kurs Jahon siyosati yo’nalishi talabalarining “Eagles” jamoasi ustidan g’alaba qozonib, g’oliblikni qo’lga kiritdi. Talabalar munosib sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. “Dekan kubogi” musobaqasida 8 ta jamoa 2 ta guruhga ajratilib, 15 kun davomida bellashishdi. Musobaqa talabalar orasida sport va sog’lom turmush tarzini targ’ib etishda alohida ahamiyat kasb etdi.

photo_2019-11-27_13-08-10 photo_2019-11-27_13-08-13

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: