Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Xitoyshunoslikda innovatsiyalar: g‘oyalar, muammolar, istiqboldagi rejalar”mavzusida xitoyshunos talabalar ilmiy anjumani

06.05.2018, 22:01 Yangiliklar 481

2018-yil 28-aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institut Xitoyshunoslik fakultetida an’anaviy “Xitoyshunoslikda innovatsiyalar: g‘oyalar, muammolar, istiqboldagi rejalar”mavzusida xitoyshunos talabalar ilmiy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Talabalar ilmiy anjumanida xitoy tili va adabiyoti, xitoy madaniyati va tarixi, xitoy iqtisodiyoti va siyosati, falsafasi va ijtimoiy hayotiga doir yo‘alishlar qamrab olindi. Ilmiy anjumanda fakultetning 20dan ortiq iqtidorli talabalari o‘zlari tanlagan ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy rahbarlari nazoratida tayyorlangan maqolalari bilan ishtirok etishdi. Talabalar anjumani qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbirda institut ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori dots. G.Sh. Rixsiyeva, fakultet dekani S.A. Nosirova hamda taniqli xitoyshunos olimlar dots. A.A. Karimov, dots. J.T.Ziyamuhammedov, dots. Sh.Shozammonov, Ph.D. S.Mus­ta­fayevalar ishtirok etishib, iqtidorli talabalar ilmiy ishlari natijalarini kuzatib borishdi. Ilmiy maqolalarda xitoyshunoslik sohasida so‘nggi ilmiy yanliliklar, innovasion kashfiyotlar va ularning mohiyati, ilmiy nazariyalar, filologik qoidalar tahlil etildi.

Ilmiy anjuman so‘nggida iqtidorli talabalar “Eng yaxshi ilmiy maqola”, “Eng yaxshi slayd-taqdimot”, “Eng yaxshi tahliliy maqola” yo‘nalishlarida taqdirlanib, ularga sertifikat va esdalik sovg‘alari tarqatildi.

xitoy002 xitoy003 xitoy004

Fakultet dekani:  S.A.Xashimova

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: