Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik fakulteti

xmi_logo

2008-yilda “Xalqaro aloqalar va iqtisod” fakulteti asosida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti tashkil etildi. Uning tashkil etilishidan maqsad yurtimizda iqtisodchi-sharqshunos raqobatbardosh kadrlarni tayorlash, Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O’rta Sharq hamda MDH mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan o’ziga xos taraflarini o’rganadigan, muammolarni o’rganish va tahlil qilishga qodir mutaxassislarni etishtirish edi.

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud. Bular: “Osiyo-Tinch okeani  va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi”, ” MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Matematika va axborot texnologiyalari”, “G’arbiy Yevropa tillari” kafedralari. Fakultetda 60 ta professor-o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda. O’qituvchi va murabbiylar muntazam ravishda O’zbekistondagi hamda xorijiy mamlakatlardagi sharqshunoslikka, iqtisodiy aloqalarga bag’ishlangan konferensiya, simpozium, seminarlarda qatnashadilar. Ular chet ellik hamkasblarini yurtimizdagi milliy iqitisodiyotimizda hamda sharqshunoslik maktabida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirmoqdalar va tajriba almashmoqda. Jumladan, fakultetdan 2014-yilda 10 ta murabbiy xorijga anjumanlarda qatnashish uchun yuborildi.

TDSHIga har yili Yaponiya, Koreya Respublikasi, Misr va boshqa mamlakatlardan taklif etiladigan professorlar xorijiy tillar va o’rganilayotgan mamlakat iqtisodiyotidan fakultetda dars beradilar. Bu esa talabalarning chuqurroq va keng ko’lamdagi bilimlarga ega bo’lishlari va tajriba almashishlariga sabab bo’ladi.

2015-2016-o’quv yilida fakultetdagi talabalar soni bakalavriaturada 350 kishini, magistraturada 25 kishini tashkil etdi. Yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, fakultetning hayotida faol ishtirok etuvchi talabalar davlat va oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi bitimlarga asosan chet davlatdagi nufuzli o’quv yurtlariga stajirovkaga yuboriladilar. Jumladan, 2014 yilda fakultetning 30 dan ortiq talabasi Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Indoneziya mamlakatlaridagi universitetlarga yuborildi.

O’zbekiston bo’yicha faqat bizning fakultetda Yaqin, O’rta, Uzoq Sharq, MDH va Janubiy  Osiyo bo’yicha iqtisodchi-sharqshunos mutaxassislar tayorlanadi. Ular o’rgnayotgan mamlakatlarining tili, madaniyati, tarixi va iqtisodi bo’yicha chuqur bilimga egadir.

Biz bitiruvchilarimizning O’zbekiston mehnat bozorida talabga ega ekanliklaridan va vazirlik, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlarda, chet el kompaniyalarida, banklarda, diplomatic idoralarda samarali mehnat qilayotganlaridan faxrlanamiz.

 

18.11.2016, 18:29 775

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: