Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakultetida Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir

25.06.2018, 10:15 Uncategorized, Yangiliklar 1020

30-iyun “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash maqsadida TDShI “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakultetida davra-suhbati o‘tkazildi.

2018 yil 25 iyun kuni fakultet Yoshlar ittifoqi raisi Sh.Abdullaev, faollari R.Musayeva, M.Jo‘ravoyeva, D.Sattorova va murabbiylar M.Mirzaev, O‘.Choriev, G.Gulyamovalar ishtirokida guruhlarda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, shu bilan birga jamiyatimizda ularning o‘rni hamda vazifalari to‘g‘risida suhbat o‘tkazildi.

Davra-suhbati davomida yoshlarga oid muammolar yuzasidan fikr-almashildi, yechim va takliflar ishlab chiqilishi zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritildi. Fakultetda talabalarning huquqiy savodxonligi, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish va ularni qanday qilib topish bo‘yicha yoshlar xabardorligini oshirish, yoshlarni chekish va ichkilikbozlikdan himoya qilish, yoshlar ishbilarmonligi kabi masalalar muntazam muhokama qilinishi lozimligi ta’qidlandi.

Yig‘ilishda fakultet Yoshlar ittifoqi raisi Sh.Abdullaev yil davomida o‘tkazilgan tadbirlar, konsertlar, sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlar bo‘yicha hisobot qildi. Shuningdek, institut hayotida faol ishtirok etgan talabalar  R.Musayeva,  K.G‘aniev, D.Mexmonalievlar fahriy yorliq olishga loyiq deb topilganligi va ularning nomzodlari  institut Yoshlar ittifoqiga taqdim etilishi bilan tanishtirib o‘tdi.

Tadbir yakunida fakultet Yoshlar ittifoqi raisi Sh.Abdullaev yig‘ilish ishtirokchilarni kelayotgan Yoshlar kuni bilan tabrikladi va barchani 26 iyul kuni institut madaniyat saroyida o‘tkaziladigan yoshlar bayramiga taklif etdi.

ХМИ ХМИИ

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: