Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti

 Chori aka Xusanov Chori Qodirovich
Ilmiy darajasi va unvoni Iqtisod fanlari nomzodi
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: 233-03-34
E-mail:  chori-17@mail.ru

Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti tarixi               

2008-yilda “Xalqaro aloqalar va iqtisod” fakulteti asosida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti tashkil etildi. 2018-yilda  “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” fakulteti asosida “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti tashkil etildi.  Uning tashkil etilishidan maqsad yurtimizda iqtisodchi-sharqshunos, siyosatchi-sharqshunos kadrlarni tayyorlash, Osiyo-Tinch okeani, Yaqin va O’rta Sharq hamda MDH mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy,  xavfsizlik, harbiy- texnikaviy rivojlanashining o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan,  bu boradagi muammolarni tahlil qilish salohiyatiga ega mutaxassislarni yetishtirishdan iborat. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan ishlab chiqilgan davlat ta’lim standarti asosida fan dasturlari va o‘quv rejalari ishlab chiqildi. Hozirda fakultet dekani vazifasini i.f.n. Ch.Q. Xusanov  bajarib kelmoqda.

Hozirgi kunda fakultet tarkibida 5 ta kafedra mavjud.

  1. “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti”;
  2. “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”;
  3. “Iqtisodiyot nazariyasi”;
  4. “Matematika va axborot texnologiyalari”;
  5. “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedralari.

Fakultetda 50 ta professor-o’qituvchilar, jumladan 12 nafar fan doktorlari, 11 nafar fan nomzodi, 3 nafar PhD, 10 nafar katta o’qituvchilar va o’qituvchilar  o’z pedagogik faoliyatlarini olib borishmoqda. O’qituvchi va murabbiylar muntazam ravishda O’zbekistondagi hamda xorijiy mamlakatlardagi sharqshunoslikka, iqtisodiy aloqalarga jahon siyosatiga bag’ishlangan konferensiya, simpozium, seminarlarda qatnashadilar. Ular chet ellik hamkasblarini yurtimizdagi milliy iqitisodiyotimizda hamda sharqshunoslik maktabida erishilgan yutuqlar bilan tanishtirmoqdalar va tajriba almashmoqda. Jumladan, fakultetdan 2017 yilda 5 nafar o’qituvchi xorijga anjumanlarda qatnashish uchun yuborildi.

2018-2019-o’quv yilida fakultetdagi talabalar soni bakalavriaturada 335 kishini, magistraturada 18  kishini tashkil etdi. Yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, fakultetning hayotida faol ishtirok etuvchi talabalar davlat va oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi bitimlarga asosan chet davlatdagi nufuzli o’quv yurtlariga stajirovkaga yuboriladilar. Jumladan, 2017- 2018 yilda fakultetning 10 dan ortiq talabalari, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Indoneziya mamlakatlaridagi universitetlarga yuborildi.

O’zbekiston bo’yicha faqat bizning fakultetda Yaqin, O’rta, Uzoq Sharq, MDH va Janubiy  Osiyo bo’yicha iqtisodchi-sharqshunos va siyosatchi sharqshunos mutaxassislar tayorlanadi. Ular o’rgnayotgan mamlakatlarining tili, madaniyati, tarixi, iqtisodi va siyosati bo’yicha chuqur bilimga ega bo’ladilar. Fakultetda o‘qish jarayonidan tashqari mamlakatni yanada chuqurroq o‘rgatish maqsadida bir qancha to‘garaklar faoliyat yuritib kelmoqda. Bular: “Yosh iqtisodchilar”, “Yosh siyosatchilar”,  “Tasabbuskor iqtisodchilar”,  “Аsiya Pacifik debat klubi”,   “Yosh tahlilchi” kabi to‘garaklarga qiziquvchilar soni tobora ortib bormoqda.

Biz bitiruvchilarimizning O’zbekiston mehnat bozorida talabga ega ekanliklaridan va vazirlik, davlat idoralari, xalqaro tashkilotlarda, chet el kompaniyalarida, banklarda, diplomatic idoralarda samarali mehnat qilayotganlaridan faxrlanamiz.

27.08.2018, 16:21 3362

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: