Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi

 ulugbek ABDULLAYEV ULUG‘BEK ARTIQBAYEVICH
Ilmiy darajasi va unvoni: Tarix fanlari nomzodi
Lavozimi: Kafedra mudiri
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00-16:00)
Tel.: +99894 484 11 18
E-mail: timur2006@mail.ru

 

Kafedra tarixi

Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Jahon siyosati, tarkibiga kiradi. Kafedra talabalarga tanlangan mutaxassisliklar bo‘yicha Sharq va G‘arb mamlakatlarining tarixi,

Ijtimoiy-siyosiy tuzumi, davlat tuzumi, dini, tarixiy geografiyasi, tarixiy manbashunosligidan mukammal bilim berish maqsadida tashkil etilgan. Xorijiy mamlakatlar tarixi kafedrasi dastlab 1946-yilda Sharq mamlakatlari tarixi nomi bilan tashkil etilgan. O‘tgan davr mobaynida ushbu kafedraga yuridik fanlar nomzodi, dotsent L.Maqsudov, tarix fanlari doktori, professor A.Sokolov, tarix fanlari doktori, professor T.Sattarov, tarix fanlari doktori, professor T.G‘iyosov, tarix fanlari nomzodi, dotsent M.Xojiyeva, tarix fanlari nomzodi, dotsent Yu.Ismailova, siyosiy fanlari nomzodi N.Abdullayev va bugungi kunda tarix fanlari nomzodi U.Abdullayev kabi tarixchi olimlar rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra faoliyati davomida ko‘plab respublikamizda va xorijda taniqli sharqshunos-olimlar, ilm va fan arboblari yetishib chiqdi. Xususan, akademiklar – N.Baratov, B.Ahmedov, A.Muhammadjonov, professorlar – T.G‘iyosov, M.Boboxo‘jayev, M.Nishonov, M.Kutina, A.Xo‘jayev, T.Sattarov, A.Hasanov, S.Inog‘omov, Z.Munavvarov, R.Qodirov, R.Qosimov shular jumlasidan. Bugungi kunda Xorijiy mamlakatlar kafedrasini tarix fanlari nomzodi Ulug‘bek Abdullayev boshqarib kelmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

5120300- Tarix (Sharq mamlakatlari va mintaqalari bo‘yicha )

Kafedra magistratura mutaxassisligi:

5A120302 – Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha)

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat yo‘nalishi:

  1. Jahon tarixi
  2. Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi
  3. Mamlakatshunoslik (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya)
  4. Umumiy tarix
  5. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya) tarixi
  6. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) davlatchiligi (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya) tarixi
  7. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) ijtimoiy-siyoiy ta’limotlar (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya) tarixi
  8. Sharq madaniyati tarixi
  9. Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyasi
  10. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) madaniyati (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya) tarixi
  11. Tarixiy manbalarni o‘qish va talqin etish
  12. Arxeologiya
  13. O‘rganilayotgan mamlakat (mintaqa) (Arab, Turkiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Eron, Afg‘oniston, Koreya, Yaponiya) davlat tuzumi, tarixi va madaniyati
  14. Sharqshunoslikka kirish
  15. Sharq madaniyati va san’ati tarixi
  16. Sharq va G‘arb mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi tarixi
  17. Yevropa va Amerika mamlakatlari tarixi

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Mutaxassislikning nazariy masalalari
  2. Hozirgi Sharq mamlakatlari taraqqiyoti xususiyatlari
  3. Tarix fanining zamonaviy tadqiqot usullari va tahlili
  4. Sharq xalqlari ijtimoiy antropologiyasi
  5. Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
  6. Sharq mamlakatlari ijtimoiy- siyosiy tizimi va siyosiy madaniyati tarixi
  7. Individual ilmiy-tadqiqot ish
  8. Sharq tarixshunosligi
  9. Asosiy chet tilidan praktikum va boshqalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari:

  1. Abdullayev Ulug‘bek Artiqboyevich – tarix fanlari nomzodi
  2. Azimov Komil Sarvarovich – tarix fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi
  3. Xudoyberdiyev Aziz Xelyamovich – tarix fanlari nomzodi, dotsent
  4. Ismoilova Yulduz Anvarovna – tarix fanlari nomzodi, dotsent
  5. Abdullayev Nodir Abdulhayevich – siyosiy fanlar nomzodi
  6. Shodmonova Sanobar Bazarbayevna– tarix fanlari doktori, dotsent
  7. Qoriyev Odil Qoriyevich – tarix fanlari nomzodi
  8. Qodirov Zikrillo Musaxonovich – dotsent
  9. Qutbiddinov Sobir Mamasoliyevich – o‘qituvchi
  10. Petrosova Olga Nikolayevna –o‘qituvchi
  11. Ikromov Shavkat Iskandarovich – o‘qituvchi
  12. Yodgorov Sherbek Meylijonovich– o‘qituvchi
  13. Sharipov Azamat Shamilovich –o‘qituvchi

Kafedraning hamkor tashkilotlari

  1. TDSHI qoshidagi Sharq qo‘lyozmalar markazi
  2. O‘zR FA Tarix instituti
  3. O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  4. O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi
  5. Sirdaryo viloyati Oqoltin sanoat-kasb hunar kolleji
  6. TDSHI qoshidagi Olmazor akademik litseyi
  7. TDSHI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining nashrlari:

  1. Shodmonova S.B. Turkiston Respublikasining Sharq davlatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar tarixidan. (2016). (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  2. N.A. “Afg‘oniston madaniy va siyosiy tarix” kitobida mamlakat tarixining yoritilishi. (2016). (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  3. Худойбердиев А.Х. Международнiе отношения на юге Аравийского полуострова в период Первой мировой войнi. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  4. Азимов К.С. Сирийский конфликт изнутри из снаружи. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  5. Аbdullayev U.A. Liviya fojeasi va unga tashqi kuchlar aralashuvining salbiy oqibatlari. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  6. Qodirov Z.M. Saljuqiylar tarixi turkiyalik olimlar nigohida. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  7. Ikromov Sh.I. Eronda Muhammad Hotamiy islohotlari. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  8. Петросова О.Н. Об исследованиях Корана в странах Запада в качестве исторического источника. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).
  9. Qutbiddinov S.M. G‘arb davlatlari olimlari tadqiqotlarida Eron-Iroq urushining yoritilishi. (2016) (Xorijiy Sharq mamlakatlari tarixiy jarayonlari va ularni o‘rganishning dolzarb muammolari).

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

  • Sharq mamlakatlari tarixini o‘rganishing nazariy va metodologik masalalari;
  • Jahon tarixi fanining shaklanishi va taraqqiyoti;
  • Xorijiy mamlakatlar tarixi va tarixiy manbashunosligi;
  • Tarixiy manbashunoslik va matnshunoslikning dolzarb masalalari;
  • Tarixiy tadqiqot metodologiyasi;
  • Tarix fanining Sharq xalqlari ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga ta’siri masalalari;
  • Xorijiy manbashunoslikda tarix muammolari: O‘zbekiston tarixining yoritilishi;
  • Sharq mamlakatlarida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning xususiyatlari va ularning xalqaro munosabatlarga ta’siri.

Kafedraning ilmiy loyihalari:

A-1-191 “Xorijiy tillardagi tarixiy asarlarning ilmiy tadqiqi va tanqidiy tahlili asosida Sharq mamlakatlari tarixiga oid zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish”

Kafedra hayotidan fotolavhalar

tarix

tarix1

23.11.2016, 16:11 977

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: