Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasining magistratura 2-bosqich bitiruvchilarining ish beruvchi tashkilot vakillari bilan uchrashuvi

03.02.2018, 20:13 Yangiliklar 515

2018-yilning 31-yanvar kuni kafedra magistraturasining 2-bosqich bitiruvchilari va ish beruvchi tashkilot vakillarining uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvga  A.Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi yetakchi ilmiy xodimi, A.Navoiy munshaotlari bo‘yicha respbulikamizdagi yagona mutaxassis f.f.n. Yusuf Tursunov va O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi f.f.n. Adhambek Alimbekovlar tashrif buyurdilar.

Jumladan, A.Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi yetakchi ilmiy xodimi f.f.n.Y.Tursunov bugungi kunda A.Navoiy adabiyot muzeyida yosh tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar uchun mumtoz adabiyot borasida boy arxivga ega bo‘lib, o‘rta asrlardagi o‘zbek adabiyoti bo‘yicha A.Navoiy, Bobur, Nodira, Ogahiy, Fuzuliy, Furqat, Muqimiy kabi adiblarning adabiy meroslari toshbosma, qo‘lyozma nusxalari, XX asrning boshlaridan to oxirgi yillarigacha ijod qilgan o‘zbek adabiyotining Hamza, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, A.Muxtor, M.Shayxzoda kabi adiblarining ham ijodiy namunalari, arab, fors tillarida qo‘lyozmalar mavjudligini aytib, mana shu manbalarning ilmiy-tanqidiy matni bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish mumkin ekanligini bildirdilar va mana shu sohaga qiziqishi va iqtidori bor bitiruvchi talabalarni ishga taklif qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi f.f.n. Adhambek Alimbekov bugungi kunda Respublikamiz Prezidentining adiblarga, adabiyotga, kitobxonlikka nisbatan olib borayotgan sa’iy harakatlari natijasida Yozuvchilar Uyushmasiga yangi hashamatli bino taqdim etilgani hamda yozuvchilar xiyoboni tashkil qilingani haqidagi yangilik bilan o’z so’zlarini bishladilar.

Hozirda Yozuvchilar uyushmasida maxsus “Tarjimonlar maktabi” tashkil qilinganligini aytib, mana shu sohada sharqshunos yosh mutaxassislarni shu maktabga ishga taklif qildilar. U yerda sharqshunos yosh mutaxassislar sharq mamlakatlarining mashhur, yetuk adiblarning asarlarining yoki o‘zbek adiblarining asarlarini sharq tillariga tarjima qilish borasida ish olib borish mumkin.

20180131_132204 20180131_134221_001

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: