Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xotira muqaddas, inson qadri aziz

06.05.2016, 18:58 Yangiliklar 644

9-may Umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2016-yil 6 may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Madaniyat saroyida “Xotira muqaddas, inson qadri aziz” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir boshida so‘zga chiqqanlar bugungi nurafshon kunlarga yetib kelishimizda o‘z xalovatlarini emas, kelajak avlod haqida qayg‘urgan, jang maydonlarida qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan, shuningdek, mehnat frontida fidokorona xizmat qilgan fahriylarni yodga oldilar. Shu bilan bir qatorda, yurtimizda hukm surayotgan tinchlikning qadriga yetish, Vatan tinchligi yo‘lida xizmat qilish oliy sharafligi hususida gapirib o‘tdilar. So‘ng, talabalar tomonidan tayyorlangan urush davri voqealari gavdalantirilgan turli hil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tinchlikni, Vatanni ulug‘lovchi she’rlar, qo‘shiqlar aytildi. Tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: