Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

«XXI asrda jahon siyosati va O‘zbekiston tajribasi: siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlari»

12.05.2018, 16:53 Yangiliklar 526

2018-yilning 12-may sanasida Toshkent davlat sharqshunoslik institutida tadqiqotchi va talabalarning «XXI asrda jahon siyosati va O‘zbekiston tajribasi: siyosiy, huquqiy va ijtimoiy jihatlari» mavzuidagi Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlar siyosiy tizimlarida yuz berayotgan transformatsiya jarayonlari, ittifoqchi kuchlar va boshqa tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar hamda O‘zbekistonning jahon siyosatidagi tajribasiga bag‘ishlangan an’anaviy X Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya quyidagi sho‘balardan iborat:

  1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida global va mintaqaviy muammolarni hal etish vektori;
  2. Jahon siyosatining metodologik va nazariy masalalari;
  3. XXI asrda xorijiy davlatlar tashqi siyosati va tashqi siyosiy faoliyatining dolzarb muammolari.

Ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va Qonunchilik palatasi deputatlari, turli ilmiy-tadqiqot markazlari hamda nodavlat tashkilotlardan mutasaddi xodimlar, ekspertlar va analitiklar, siyosiy partiyalar va boshqa muassasalar vakillari hamda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlari ishtirok etishdi.

Konferensiyada XXI asrda xorijiy davlatlar tashqi siyosati va tashqi siyosiy faoliyatining dolzarb muammolari, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida global va mintaqaviy muammolarni hal etish vektori kabi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tdi. Tashqi siyosat bo‘yicha ekspertlar va analitiklar hamda respublika oliygohlari o‘qituvchilari va olimlari o‘rtasida fikr almashuv va savol-javoblar o‘tkazildi.

Zamonaviy jahon siyosatining dolzarb muammolari tadqiq etilgan  tezislar va maqolalar asosida maqolalar to‘plami chop etilmoqda.

photo_2018-05-12_16-51-13 photo_2018-05-12_16-51-16 photo_2018-05-12_16-51-19 photo_2018-05-12_16-51-29 photo_2018-05-12_16-51-32 photo_2018-05-12_16-51-34 photo_2018-05-12_16-51-37 photo_2018-05-12_16-51-40 photo_2018-05-12_16-51-51

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: