Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Axborot kuni ToshDSHIda

09.10.2019, 20:28 Yangiliklar 93

2019-yilning 9-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining Axborot kuni o’tkazildi. Tadbirda O’zbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi (NEO) vakillari, institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Tadbirni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori N.Abdullayev kirish so’zi bilan ochib berdi.

Axborot kunida NEO loyiha menedjeri Gulshoda Karlibaeva, NEO eksperti Kudrathon Bahadirov, ICM loyihasi ishtirokchisi, TDSHI doktoranti Nodir Karimov, TDSHI doktoranti Nigora Maxmasobirova Erasmus+ dasturining ICM, CBHE, EMJMD, Jean Monnet, MSCA yo’nalishlari haqida tadqimot qilishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Yevropa universitetlari bilan hamkorlik o’rnatish mumkin bo’lgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilib, Erasmus+ dasturi bo’yicha fakultetlar, kafedra va bo’limlar uchun kollektiv ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, talabalar va o’qituvchilar uchun individual tarzda stipendiyalar olishga oid maslahatlar berishda xalqaro aloqalar bo’limlarining salohiyatini mustahkamlash, loyiha takliflarini ishlab chiqish bo’yicha amaliy tavsiyalar berildi.

05690BA8-CBCC-4774-B6C7-474F1DDC52A6FC83FF6A-34D6-427C-AFE2-E44C081C984C5C7D11E6-5209-4943-8BB9-A1F995997CA2D0D0D380-1BE3-4052-8280-74E3BD83F699

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: