Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh olimlar” kengashining 2019-yildagi 1-seminari bo’lib o’tdi

23.01.2019, 14:42 Yangiliklar 203

2019-yilning 23-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining “Yosh olimlar” kengashining 2019-yildagi 1-seminari bo’lib o’tdi. Seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori N.Abdullayev, ITIIPKT bo’limi boshlig’i D.Abdullayeva, “Yosh olimlar” kengashi a’zolari, institut doktorantlari, tayanch doktorantlari hamda mustaqil tadqiqotchilari ishtirok etishdi.

Seminarda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tadqiqotchisi Muxtor Nazirov “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yilning 18-dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida mamlakatimiz demokratik-innovatsion rivojlanishining yangi konseptual asoslarining belgilanishi” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza davomida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Parlamenti oldida qilgan murojaatnomasida qayd etilgan barcha masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim  etilib, 2019-yilda amalga oshiriladigan ishlar, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, fan, ta’lim, xalqaro munosabatlar yo’nalishlari bo’yicha qilinadigan barcha islohotlarning tub mohiyatiga alohida to’xtalib o’tildi. Mamlakatimizning jahon xo’jaligida munosib o’rnini topishi, milliy raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsion faoliyatni jadallashtirish, iqtisodiyotni, ayniqsa konstruktiv inson kapitalini rivojlantirish masalalari muhim ekanligi qayd etildi. Shuningdek, 2019-yilning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishining asoslari qayd etilib, ushbu yilda amalga oshirilishi belgilangan ishlar, rejalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Ma’ruzadan so’ng institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori N.Abdullayev so’zga chiqib, institut ilmiy-innovatsion salohiyatini oshirish masalalari haqida fikr bildirdi.

Shundan so’ng, institut “Yosh olimlar” kengashiga yangi rais saylanib, bu o’ringa PhD D.Sayfullayev nomzodi munosib ko’rildi. Shu kunga qadar “Yosh olimlar” kengashi faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etib kelgani uchun sobiq rais Sh.Axmedovaga institut rektorining tashakkurnomasi taqdim etildi. Yig’ilish davomida shuningdek “Yosh olimlar” kengashining yangi tarkibdagi doimiy a’zolari ham saylandi.

20190123_102500photo_2019-01-23_14-11-5420190123_111000

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: