Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari

24.03.2017, 17:27 Yangiliklar 610

Joriy yilning 16-mart kuni  Toshkent davlat sharqshunoslik institutida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” kafedrasi mustaqil izlanuvchilari X.MUSTAPOVA “Hindistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalari” mavzuida hamda A.BOZOROV “XX asr oxirlari boshlarida global boshqaruv tizimining shakllanishi va rivojlanishi” mavzuida  ma’ruza qildilar.

23-mart kuni esa “MDH va Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi Mustaqil izlanuvchisi K.AKBAROVA “Mintaqaviy iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va ob’ektiv zarurligi” mavzuida hamda “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi Katta ilmiy xodim izlanuvchisi H.SULAYMONOVA “Abu Mansur as-Salobiyning “Kanz al-kuttab”tazkirasida Movorounnahrlik ijodkorlar” mavzuida ma’ruza qildilar.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: