Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi BT

 12333333 Xabibullayev Zokirjon Murodilla ogli
Lavozimi: Ozbekiston Yoshlar ittifoqining TDSHI

boshlangich tashkilotining yetakchisi

Qabul vaqtlari: Har kuni (09:00-13:00)
Tel.: +99899 484-50-25
E-mail: zkhabibullayev@gmail.com

O’zbeksiton Yoshlar ittifoqining Toshkent davlat sharqshunoslik institutidagi boshlang’ich tashkiloti tarkibida institute Talabalar Kengashi a’zolari tomonidan doimiy muvofiqlashtirib turiladigan 11 yo’nalish mavjud. Bundan tashqari boshlang’ich tashkilot tuzilmasiga kiradigan, har bir fakultetning o’z yetakchisi bor.

Yoshlar ittifoqining institutdagi boshlang’ich tashkilotining asosiy vazifasi – talabalarning bilim olishi va institutdagi ijtimoiy hayotiga kirishib ketishiga ko’mak berishdir.

Talabalarning o’zini o’zi boshqarish tizimini rivojlantirish institutda talabalar tashabbuslarini amalga oshirishga imkon beradi, qo’shimcha kasbiy mahoratga ega bo’lish va yangi loyihalarni yaratishda ijodiy salohiyatni ochish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi, jamoada ishlashni o’rgatadi va, albatta, institut an’analarini bitirib ketayotgan talabalardan yangi talabalarga singdirib boradi.Asosiy maqsad TDShIdagi Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti talabalarda kelib chiqayotgan qiyinchiliklarni hal qilishda yordam berish. Sharqshunoslik instituti talabalari manfaatlari Yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkiloti faoliyatinig asosiy tamoyilidir. BT institutda qo’yidagi yo’nalishlar bo’yicha faoliyat yuritadi:

– faol va iqtidorli talabalar bilan ishlash;

– tashabbuslar va yoshlar tadbirkorligi bilan ishlash;

– O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o’tagan talabalar bilan ishlash;

– Ma’naviy-ma’rifiy ishlar;

– Trening-seminarlar, sport musobaqalari, sayohatlar, tanlovlar va festivallarni tashkil etish;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan ishlash va boshqalar.

Yoshlar ittifoqining Sharqshunoslik institutidagi boshlang’ich tashkiloti institut bitiruvchilari bilan chuqur aloqalarni o’rnatgan, ular o’z navbatida mamlakatning yetakchi mutaxassislari bilan kerakli tadbirlar, konferentsiyalar va davra suhbatlari o’tkazishda, shuningdek bitiruvchi talabalarni ish topishda amaliy yordam ko’rsatib qo’’lashmoqdalar.

Institut Yoshlar ittifoqi jamoasi a’zolari O’zbekiston yoshlar ittifoqining tuman, shahar va markaziy Kengashlari ishlarida faol ishtirok etadilar, jumladan – “QuizPliz” konkursida faxrli 2-orinni, “Men Saylovga” tayyorman tanlovida esa faxrli 3-o’rinni egalladilar. “StudFest” festivalida, “Bir million daraxt” aksiyasida va bir qator sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

BT tomonidan milliy bayramlarga bag’ishlangan tadbirlarni tashkil etishda katta e’tibor beriladi.

Yoshlar ittifoqi BT maqsadi – bu ma’naviy rivojlanish bilan birga talabalarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish. Vatanparvarlik, intizom, halollik, qat’iyatlilik kabi qadriyatlarni rivojlantirishdir. Shunday qilib, barcha talabalarni bitta umumiy va chinakam haqiqiy yo’nalish bo’yicha birlashtirish.

31.03.2020, 14:08 6417

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: