Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yoshlar kuni” ga bagʼishlangan tadbir

27.06.2019, 08:08 Yangiliklar 396

Mamlakatimizni taraqqiy ettirishda, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshlar muhim oʼrin tutadi. Chunki ular jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini oʼtaydi. Yangidan-yangi tashabbus-gʼoyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda ana shu qatlamning nuqtai nazari va say-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va sergʼayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xam talaba-yoshlarni mukammal, komil inson etib tarbiyalashga katta eʼtibor berilmoqda.Mana bugun institut Talabalar turar joyida barcha sohalarda muvaffaqiyatlarga erishgan talabalarni taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Bu tadbir Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topgan kuni arafasida oʼtkazilishi xam professor-oʼqituvchi va talaba-yoshlarda koʼtarinki rux bagʼishlagani xech kimga sir emas. 10 nominatsiya boʼyicha gʼolib talabalarni saralash juda qizgʼin oʼtdi. Nihoyat, 10 nominatsiyaga gʼolibligiga quyidagi eng iqtidorli 12 nafar talaba tanlab olindi:

– “Eng yaxshi kitobxon” yoʼnalishiga – Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Neʼmatova Oʼ.;
– “Eng yaxshi iqtidorli talaba” yoʼnalishiga – 1-kurs magistranti Rahimova D. va Xitoyshunoslik fakultet 3-kurs talabasi Safarova I.;
– “Eng yaxshi targʼibotchi” yoʼnalishiga – Koreyashunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Saidov J. va Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti 2-kurs talabasi Joʼraev S.;
– “Eng faol talaba” yoʼnalishiga – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti 2-kurs talabasi Mamatsoatov E.;
– “Eng yaxshi sanʼat sohibi” – yoʼnalishiga Koreyashunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Аllanazarova Sh.;
– “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” yoʼnalishiga – Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi Odilbekov А.;
– “Eng yaxshi TTJ sardori” yoʼnalishiga Xitoyshunoslik fakulteti 3-kurs talabasi Rustamov А.;
– “Eng yaxshi sportchi” yoʼnalishiga – Tarix va falsafa fakulteti 1-kurs talabasi Mamadjonov N.;
– “Eng yaxshi ixtirochi” yoʼnalishiga – Koreyashunoslik fakulteti 2-kurs talabasi Toʼxtasinov N.;
– “Eng yaxshi blogger” yoʼnalishiga – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati fakulteti 2-kurs talabasi Mamatsoatov E.

33 3

Gʼolib talabalarga institut faxriy yorliqlari va esdalik sovgʼalarini institut Oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha prorektori Voxidov А.,Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Аlimbekov А., Z.Neʼmat, Rajabov D., Oʼzbekiston Respublikasi Rus drama teatri direktori oʼrinbosari Аndaqulov А., oʼzbek futboli afsonalaridan biri ,”Lokomotiv” FK murabbiysi Kopadze T., institut Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Shabanov J., fakultet dekanlari Usmonova Sh., Qodirov Z., Omonov Q., Xusanov Ch. va Xoshimova S. lar topshirdilar. Tadbir soʼnggida “ Yagonasan, muqaddas Vatan” tanlovining gʼolibi, iqtidorli qoʼshiqchi talaba S.Tursunov oʼzining diltortar qoʼshiqlari bilan barchani xushnud etdi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy, qoʼshiq va raqslar yigʼilganlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur tadbirni tayyorlashda TTJ xodimlari S.Tursunov va M.Valievalar faol ishtirok etdilar.

- ++

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: