Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yoshlar va ilm-fan

04.03.2020, 09:44 Konferensiya 26

“Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan “Yoshlar va ilm-fan” ruknidagi doktorant, mustaqil tadqiqotchi, magistrant va bakalavr talabalarning an’anaviy ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

photo_2020-03-04_09-31-12
Konferensiyani “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosati” fakulteti dekani Ch.Xusanov ochib berdi. Shuningdek, konferensiyada Institutning “Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha” bo‘lim boshlig‘i Sh.Ahmedova va “Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti” kafedrasi mudiri Sh.Ermamatovlar so‘zga chiqib, mazkur anjuman yosh tadqiqotchilarga o‘zaro fikr almashishlari, ilmiy tadqiqot qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun shart-sharoit yaratishini, kelajakdagi ilmiy ishlari uchun o‘ziga xos tramplin vazifasini bajarishini ta’kidladilar.

Anjumanda Xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati, shuningdek, raqamli iqtisodiyot hamda uning aholi turmush farovonligiga ta’siri kabi masalalarga oid rus, ingliz va o‘zbek tillarida 5 ta ilmiy ma’ruza tinglandi. Ma’ruzalar qiziqarli va dolzarb masalalarga bag‘ishlanganligi tufayli ma’ruzachilarga konferensiya qatnashchilari tomonidan ko‘plab savollar berildi.photo_2020-03-04_09-32-39
Konferensiya materiallari asosida to‘plam nashrdan chiqarildi. To‘plam yosh mutaxassislar, magistrant va bakalavrlarning 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarini o‘z ichiga qamrab oldi.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: