Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 95 198 56 88

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yoshlar va sport

17.06.2019, 15:42 Yangiliklar 288

ToshDShI Sharq filologiyasi fakulteti institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Kasaba uyushmasi va Yoshlar ittifoqi bilan xamkorlikda  O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifiqi tashkil topgan kun munosabati xamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining YOSHLARNI JISMONIY CHINIQTIRISH, ULARNING SPORT SOHASIDA QOBILIYATINI NAMOYON QILISHLARI UCHUN ZARUR SHAROITLAR YARATISHGA YO‘NALTIRILGAN tashabbusida ifoda etilgan vazifalar   ijrosini ta’minlash maqsadida Talabalar turar joyida “Yoshlar va sport” mavzusida katta sport bayrami tashkil etdi.Unda fakultet dekani boshchiligida barcha kafedralar professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlari, institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shabanov J., Kasaba uyushmasi raisi Xusanov Ch., Yoshlar ittifoqi raisi Saidjaxonov T. va boshqalar ishtirok etdilar. Fakultet dekani Omonov Q. o‘ziga xos sport bayramini ochar ekan barchani yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni bilan tabriklab, fakultet yoshlarining yil davomida olib borgan faoliyati, erishgan yutuqlari va  kamchiliklari xaqida fikr bildirdi.Institutda, fakultetda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida gapirib,bu ishlar keyingi o‘quv yilida yanada jadal davom ettirilishi va bu vazifalar  Prezidentimizning besh tashabbuslari ijrosini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq ekanligini xam ta’kidlab o‘tdi.So‘zining oxirida barcha jamoalarga muvoffaqiyat tiladi. Talaba-yoshlar va fakultet o‘qituvchilari o‘rtasida futbol, voleybol, talaba qizlar va ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat va voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Sport bayrami g‘oliblariga va faollarga institut Kasaba uyushmasi faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

IMG_20190616_101048 IMG_20190616_103030 IMG_20190616_092218_1 IMG_20190616_093543

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: