Ishonch telefoni
+998 71 233 34 24

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yurt fidoyilari xotirasi – qalblarda barhayot

26.04.2017, 10:19 Yangiliklar 473

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida 9 may – “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha turli tadbirlar rejalashtirilgan.
Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolarini bayram bilan qutlash maqsadida ularning uylariga tashriflari ham rejalashtirilgan edi.
Bugun institut raxbariyati, “Kamolot” YIH boshlang‘ich tashkiloti a’zolaridan iborat guruh xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan podpolkovnik Sarmanov B.D. xonadonida bo‘lib, uning oila a’zolarini 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” bilan muborakbod etdilar. Bahodir akaning o‘z xizmat burchini sidqidildan bajarganligi, uning O‘zbekistondek buyuk va qudratli mamlakatni sevgani, mardligi va jasorati xaqida oila a’zolari bilan uzoq suhbatlashildi.

photo_2017-04-26_09-56-52

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: